Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston Prezidenti MDH va YOII sammitlarida ishtirok etish uchun Sankt-Peterburg shahriga keldi

By Farangiz_Amirkulova - Dec. 25, 2024, 11:47 a.m. 1,005 Views 0 Comment

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha amaliy tashrif bilan Rossiyaga keldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, "Pulkovo" xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.


So'ng O'zbekiston Prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi. 


Tashrif doirasida O'zbekiston yetakchisi 25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig'ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment