Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston ta'lim delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning Kembrij o'quv dasturini o'rganmoqda

By Farangiz_Amirkulova - Dec. 18, 2024, 12:02 p.m. 919 Views 0 Comment

Joriy yilning 9-16-dekabr kunlari Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va respublika idoralarning soha mutaxassislardan iborat bo'lgan Ishchi guruh vakillarining Buyuk Britaniyaning Kembrij shahriga tashrifi doirasida xalqaro standartlarga muvofiq o'quv dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha o'quv treninglarda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, delegatsiyaning mazkur tashrifi umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish dasturi doirasida "Cambridge International Education" ("CIE") tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirildi.


Unga ko'ra, "CIE" tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq o'quv dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish bo'yicha navbatdagi bir haftalik o'quv treninglarida tashkil etildi.


Shuningdek, respublika maktablarida Kembrij o'quv dasturini joriy etish va xalqaro standartlarni qabul qilish orqali hududlarda o'qitish va ta'lim sifatini yana-da oshirish masalalari yuzasidan muzokaralar o'tkazildi.


Muzokaralarda tashkilot bilan hamkorlikda kelgusida mahalliy mutaxassislarga davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturlarini ishlab chiqishda konsalting xizmatlari ko'rsatib borilishiga erishildi.

Bundan tashqari, delegatsiyaning Kembrij universitetiga tashrif buyurib, u yerda ta'lim sohasidagi hamkorlik tashabbuslari va tadqiqot imkoniyatlari bilan tanishdi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment