Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Londonda vatandoshlar bilan ochiq muloqot o'tkazildi

By Farangiz_Amirkulova - Dec. 17, 2024, 10:13 a.m. 1,035 Views 0 Comment

O'zbekiston Elchixonasida Buyuk Britaniyada yashayotgan, ta'lim olayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimizning O'zbekiston Ma'naviyat va ma'rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti direktori Olimjon Davlatov va institut direktorining birinchi o'rinbosari Muhammad Quronov bilan ochiq muloqoti bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuvdan ko'zlangan maqsad xorijda yoshlarni qiynayotgan masalalarni muhokama qilish hamda ularni hal etish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqish bo'ldi. Jonli suhbat ishtirokchilariga nafaqat o'zlarini qiziqtirgan savollarni berish, balki o'z fikrlari va takliflari bilan bo'lishish imkonini berdi.


Ochiq suhbat davomida, mamlakat bilan aloqani mustahkamlash, milliy madaniy merosni ommalashtirish, yosh mutaxassislarni qo'llab-quvvatlash va vatandoshlar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirishga qaratilgan fikrlar bildirildi.


Ona tili, milliy qadriyatlarimiz va tarixiy ildizlarimizni asrab-avaylash muhimligi alohida ta'kidlandi. Ishtirokchilar Elchixona va Institutning diasporani birlashtiradigan va dolzarb mavzularni muhokama qilish uchun maydon yaratadigan bunday tadbirlarni tashkil etishdagi sa'y-harakatlarini yuqori baholadilar.


Ushbu interaktiv muloqot O'zbekistonning xorijdagi vatandoshlari bilan aloqalarini mustahkamlash vazifasini amalga oshirishda navbatdagi qadam bo'ldi, Vatandan uzoqda bo'lsada, madaniy o'ziga xosligini saqlab qolayotgan yoshlarimizning ehtiyojlariga e'tibor ko'rsatdi.


Ijtimoiy-ma'naviy tadqiqotlar instituti O'zbekistonning yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi bo'lib, uning faoliyati aholi, ayniqsa, yoshlarni ma'naviy-madaniy tarbiyalash g'oyalarini amalga oshirishga yo'naltirilgan. Institut faoliyatining asosiy yo'nalishlari jamiyat ma'naviy taraqqiyotini qo'llab-quvvatlovchi ilmiy-uslubiy va axborot-tahliliy materiallarni ishlab chiqish, Vatanga muhabbat, milliy meros, til va adabiyotga hurmatni tarbiyalashdan iborat.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment