Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Qadimiy Tszyaoxe shahri: o‘tmishga sayohat

By admin - Dec. 17, 2024, 10:11 a.m. 795 Views 0 Comment

Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-uyg‘ur avtonom rayoni Turfan shahridan 10 kilometr g‘arbda qadimiy Tszyaoxe shahrining sirli xarobalari yashiringan. Bir paytlar savdo va madaniyatning gullab-yashnagan markazi bo‘lgan bu qadimiy shahar hozirda tarixga bir nazar solmoqchi bo‘lgan arxeolog va sayyohlar uchun o‘ziga xos maskanga aylandi.


“Shinjon issiq qorlari” loyihasi doirasidagi press-tur doirasida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Pokiston, Rossiya, Turkiya va Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari ayni shahar qoldiqlari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Tarixchilarning qayd etishicha shahar ikki ming yildan ko‘proq vaqt oldin tashkil etilgan va Xitoyning turli mintaqalarini bog‘laydigan savdo yo‘llaridagi muhim maskan bo‘lgan. Shahar nafis kulolchilik va metall buyumlar yaratgan hunarmandlari bilan mashhur bo‘lgan.


Biroq, boshqa ko‘plab qadimiy shaharlar singari, Tszyaoxe tanazzul va e'tiborsizlik davrlarini boshdan kechirdi, bu esa oxir-oqibat uning vayron bo'lishiga olib keldi.

Olimlar bu yerda qadimiy binolar, ko‘chalar va hatto suv ta’minoti tizimlari qoldiqlarini topganlar, bu esa shaharning yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Topilmalar, shuningdek, turli tarixiy davrlardagi Jiaohe hayoti tasvirini tiklashga yordam beradigan uy-ro'zg'or buyumlari, tangalar va artefaktlarni o‘z ichiga olgan.

Bugun ushbu maskanga davlat tomonidan e'tibor qaratilib turistik kompleksga aylantirilgan.


OAV xodimlariga hudud tarixi xususida ma'lumotlar berildi. Jurnalistlarda maskan katta taassurot qoldirdi. Barcha o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment