Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Chanszi shahridagi qishloq xo‘jaligi namoyish zonasi qanday tashkil etilgan?

By admin - Dec. 13, 2024, 12:02 p.m. 1,410 Views 0 Comment

Zamonaviy qishloq xo‘jaligini ilmiy yondashuvsiz, innovatsion texnologiyalarni joriy etmasdan tasavvur etib bo‘lmaydi. Dunyo aholisining o'sishi va yuqori sifatli, ekologik toza mahsulotlarga talab ortib borayotgan bir sharoitda texnologiya bizga ekinlar hosildorligini oshirish, atrof-muhitga ta'sirini kamaytirish va resurslarni optimallashtirish imkonini beradi. Innovatsiyalar barqaror qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini yaratish, uning samaradorligini ta’minlash va zamonaviy talablarga moslashishning asosiy vositasiga aylanmoqda.


Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-uyg‘ur avtonom ayoni, Chanszi shahrida qishloq xo‘jaligi ko‘rgazma zonasi ishida yuqori texnologiya, ekologik mas'uliyat va iqtisodiy samaradorlik uyg‘unlashgan.

Namoyish zonasining markazini 16 ming kvadrat metr maydonga ega tajriba pavilyonlari deb atash mumkin, bu yerda ilg‘or qishloq xo‘jaligi texnologiyalari amalda qo‘llaniladi. Maskanda avtomatlashtirishning toʻliq sikli joriy qilingan: ekishdan tortib yigʻim-terimgacha. Sug'orish, mikroiqlimni tartibga solish va o‘simlik sharoitlarini kuzatish uskunalarni tarmoqlarga ulash orqali amalga oshiriladi. Bu atigi 10 nafar xodimga yirik plantatsiyalarga, jumladan, ekinlarni yetishtirish uchun vertikal stendlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.


Jarayonlar ekologik standartlarni hisobga olgan holda insektitsidlar va kimyoviy qo‘shimchalardan foydalanmasdan tashkil etiladi. Zararkunandalarga qarshi kurashish uchun maxsus tuzoqlar o‘rnatiladi.


Agropark ishchilari har kvadrat metrdan 45 kilogrammgacha mahsulot oladi. Bunda nafaqat yuqori hosil, balki yetishtirilayotgan sabzavot va ko‘katlarning yuqori sifatiga ham ustuvor e’tibor qaratilmoqda. Mahsulotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri supermarket, mehmonxona va restoranlarga yetkazib beriladi, bu ularning bozor qiymatini oshiradi.


Shinjon xalq hukumati tomonidan "China News Sevice" Shinjon bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Shinjon issiq qorlari” loyihasining press-turida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Malayziya, Pokiston, Rossiya, Turkiya va Yaponiya ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Namoyish maydoni xalqaro jurnalistlarning e’tiborini tortdi. 

Agrosanoat majmuasi direktori Yan Szining so‘zlariga ko‘ra, maskan nafaqat ishlab chiqarish, balki bilim va texnologiyalarni qo‘llash uchun ham mo‘ljallangan. Bu boshqa viloyat va mamlakatlardan qishloq xo‘jaligi sohalari vakillarini tayyorlash uchun baza bo‘lib xizmat qiladi.

Yana bir muhim nuqta. Namoyish zonasi hududida maxsus pavilyon tashkil etilgan bo‘lib, u yerda strimlar va onlayn translyatsiyalar o‘tkaziladi. Bloger va professional onlayn sotuvchilar nafaqat mahalliy oʻstirilgan mahsulotlarni, balki Shinjonning boshqa qismlaridan ham tovarlarni jonli efirda sotadila

Tags:

0 Comment

Leave a Comment