Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

ILMIY-AMALIY ANJUMAN

By admin - Nov. 18, 2024, 6:20 p.m. 988 Views 0 Comment

Bag‘rikenglik haftaligi dasturlaridan o‘rin olgan "Yangi O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya "International Tashkent  Hotel" mehmonxonasida bo‘lib o‘tdi.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada asosiy e’tibor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan dinlararo bag‘rikenglik borasidagi islohotlarga qaratildi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Muzaffar Komilovning tabrik so‘zi bilan boshlandi.

Ilmiy-amaliy anjumanda YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Nashadiyning videotabrigi qo‘yib berildi. So‘ngra Akmal Saidov, Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Zulayho Mahkamova, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbari Sodiq Toshboyev, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi raisi Rustambek Qurbonov, O‘zbekiston Musulmonlar idorasi rahbari Nuriddin Xoliqnazarov, Respublika koreys milliy madaniyati markazi rahbari Viktor Paklar so‘zga chiqishdi. Notiqlar mamlakatimizda din va e’tiqod erkinligini ta’minlash borasida samarali ishlar amalga oshirib kelinayotganligiga alohida e’tibor qaratdilar.

Konferensiyada milliy madaniy markazlarning vakillari, keng jamoatchilik ham o‘z ma’ruzalari bilan faol ishtirok etib, respublika hududida 16 ta diniy konfessiyalarga mansub 130 dan ziyod millat va elatlar tinch-totuvlikda yashayotganliklarini alohida urg‘uladilar. Shu bilan konferensiya o‘z ishini tugalladi.

 

                                                                                                             H.Mamatov,

                                                                                                             bosh muharrir o‘rinbosari

0 Comment

Leave a Comment