Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

BAG‘RIKENGLIK OHANGLARI” NOMLI GALA-KONSERT

By admin - Nov. 18, 2024, 5:28 p.m. 1,021 Views 0 Comment

Joriy yilning 15-noyabr kuni Haftalik doirasida poytaxtimizdagi O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saroyida O’zbekiston madaniyat va san’at ustalari ishtirokida “Bag‘rikenglik ohanglari” nomli gala-konsert tashkil qilindi.

Tadbirda vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markaz vakillari hamda poytaxtimiz mehmonlari jam bo’ldi.


Anjumanda mazkur sanani munosib nishonlash maqsadida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do’stlik aloqalari qo’mitasi tomonidan qator hamkor tashkilotlar bilan birga yurtimizda Bag‘rikenglik haftaligining ko’tarinki ruhda o’tkazilayotganligi qayd etildi.

Ta’kidlandiki, “Bag‘rikenglik haftaligi”ni o’tkazishining asosiy maqsadi jahon mamlakatlarining millatlararo totuvlikni ta’minlash borasidagi tajribasi va ilmiy salohiyatini birlashtirish, xalqlar madaniyatini namoyish etish, shuningdek xorijiy mamlakatlar, shu jumladan qo’shni davlatlar bilan o’zaro ishonch muhitini mustahkamlash hamda chet eldagi vatandoshlarimiz bilan o’zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, yurtimizda yashab kelayotgan barcha millat va elat, diniy konfessiya vakillarining madaniyati, tili, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash, ular o’rtasidagi do’stlik va bag‘rikenglik rishtalarini yanada mustahkamlashdan iborat.


Shundan so’ng yig‘ilganlar e’tiboriga taniqli san’atkorlar va milliy madaniy markazlar tomonidan tayyorlangan turli tillarda ijro etilgan konsert dasturi havola etildi. Turli millat yozuvchi va shoirlarining qalamiga mansub she’rlar asosida kuylangan qo’shiqlar barchaga ko’tarinkilik ulashdi.


Qayd etish joiz, Bag‘rikenglik haftaligi doirasidagi bo’lib o’tgan tadbirlar aholini, ayniqsa, yoshlarni umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, turli millatlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashga, shuningdek, jahonda samimiy do’stlik g‘oyalarini targ‘ib qilish va tarannum etishga xizmat qiladi.

 

                                                                                                                      E. Xo‘jamurodov

0 Comment

Leave a Comment