Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

BAG‘RIKENGLIK HAFTALIGI DOIRASIDA KITOBLAR KO‘RGAZMASI OCHILDI

By admin - Nov. 15, 2024, 3:58 p.m. 834 Views 0 Comment

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Bag‘rikenglik haftaligi dasturlaridan o‘rin olgan "Yangi O‘zbekiston kitob va kutubxonadan boshlanadi" deb nomlangan kitoblar ko‘rgazmasi ochildi.

Tadbirning ochilish marosimida Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Azamat Toshev, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Salim Ashur, shoira Lola Yunus qizi va milliy madaniy markazlarning vakillari so‘zga chiqib, bag‘rikenglik va hamjihatlikni ta’minlash mamlakatimizning millatlararo munosabatlar sohasidagi kontseptsiyasining ustuvor vazifasi ekani, bu yo‘lda ulkan ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta’kidladilar.

Tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, shuningdek, milliy madaniy markazlarning vakillari, shoir va yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.


Kitoblar ko‘rgazmasi davom etayapti. Ko‘rgazmada turli millat vakillarining qalamiga mansub 300 dan ziyod kitoblar namoyish etilmoqda.

 

                                                                                                O. Dushaev, maxsus muxbir

0 Comment

Leave a Comment