Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston elchisi Qozog'iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri bilan uchrashdi

By Farangiz_Amirkulova - Nov. 12, 2024, 3:05 p.m. 920 Views 0 Comment

O'zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog'iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri Yerlan Nisanbayev bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.



Muloqot chog'ida ekologiya yo'nalishida ikki tomonlama hamkorlikni jadallashtirish, qo'shma loyihalarni ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Ozarbayjonning Boku shahrida bo'lib o'tadigan BMTning Iqlim o'zgarishi to'g'risidagi hadli konvensiyasi Tomonlar konferensiyasining 29-sessiyasi (COP-29) doirasida tashkil qilinadigan tadbirlarda ikki davlat delegatsiyalarning ishtiroki xususida fikr almashdilar.

Qozog'iston ekologiya va tabiiy resurslar vaziri ekoaktivist yoshlar tomonidan ishlab chiqilgan "2024-2030 yillarga mo'ljallangan Barqaror rivojlanish madaniyatini targ'ib qilish va bolalar va yoshlarni iqlim kun tartibiga jalb qilish bo'yicha xalqaro strategiya"ni e’tirof etdi. "Biz yoshlarni ekologik loyihalarga jalb qilish masalalariga katta ahamiyat qaratyapmiz. Shuning uchun mazkur muhim yo'nalishda o'z g'oyalari bilan faol ishtirok etayotgan yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga tayyormiz" – dedi u.

Uchrashuv yakunida Boku shahrida tashkil etiladigan ikki mamlakat milliy pavilonidagi tadbirlarda O'zbekiston va Qozog'iston delegatsiyalarining ishtirokini ta’minlash to'g'risida kelishib olindi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment