Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Buxoro viloyatining iqtisodiy imkoniyatlari Xitoy kompaniyalari diqqat markazida

By Farangiz_Amirkulova - Nov. 12, 2024, 3:02 p.m. 897 Views 0 Comment

O'zbekistonning Guanchjou shahridagi Bosh konsulxonasi ko'magida Buxoro viloyati hokimligi va Xitoyning "China-Europe Association for Technical and Economic Cooperation" uyushmasi rahbariyati o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Buxoro viloyati va Peshku tumani hokimliklari mutasaddilari Xitoy tomonini hudud salohiyati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda istiqbolli investitsiyaviy loyihalar bilan tanishtirdi.


Uchrashuv yakunida Uyushma va unga a'zo kompaniyalar vakillaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 23-25-noyabr kunlari O'zbekistonga safarini amalga oshirishga kelishib olindi.


Bo'lajak safar davomida Xitoy tomonidan Buxoro viloyatida amalga oshirish uchun taqdim etilgan "Yashil" sanoat parki, umumiy ovqatlanish sektori uchun qadoqlash jihozlarini ishlab chiqarish loyihalari va Guandun provinsiyasining Zunshan shahrida Savdo uyini ochish masalasida muzokaralar tashkil etiladi.------

Tags:

0 Comment

Leave a Comment