Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Bishkek shahrida bo'lib o'tadigan TDT sammitida Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinadi

By Farangiz_Amirkulova - Nov. 5, 2024, 4:05 p.m. 939 Views 0 Comment

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg'iziston Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5-6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida bo'ladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, bu galgi sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari o'rin olgan. Har doimgidek, siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik aloqalarini rag'batlantirish, madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish vazifalari e'tibor markazida bo'ladi.


Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadilar.


Yig'ilish yakunida qator qo'shma qaror va hujjatlar, jumladan, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinishi ko'zda tutilgan.


O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Tags:

0 Comment

Leave a Comment