Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Al-Kuvayt shahrida O'zbekiston diplomatlari Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori bilan uchrashuv o'tkazdilar

By Farangiz_Amirkulova - Oct. 18, 2024, 11:18 a.m. 1,010 Views 0 Comment

O'zbekiston diplomatlari Al-Kuvayt shahrida Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federatsiyasi prezidenti Huseyn Ali al-Musallam bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekiston va Osiyo Olimpiya kengashi o'rtasidagi aloqalarning holati va istiqbollari, yurtimizda birgalikda yirik sport tadbirlarini o'tkazish, mamlakatimizda suv sport turlarini rivojlantirish masalalari xususida fikr almashildi.


2025-yilda poytaxtimiz mezbonlik qiladigan Yoshlar o'rtasidagi yozgi Osiyo o'yinlariga tayyorgarlikning borishi suhbatning asosiy mavzusi bo'ldi.


Huseyn Ali al-Musallam mazkur nufuzli turnirga tayyorgarlik ishlari bilan bevosita tanishish maqsadida shu yilning 2-4-oktabr kunlari tashrif bilan O'zbekistonda bo'lganini va jarayondan to'liq qoniqish hosil qilganini alohida ta'kidladi. Xususan, Toshkentda bo'lib o'tadigan Yoshlar o'rtasidagi Osiyo o'yinlari uchun maxsus qurilayotgan Olimpiya shaharchasi delegatsiya a'zolariga katta taassurot qoldirgani alohida urg'ulandi.


"Toshkent shahrida barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasidagi qurilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda. Ushbu yoshlar o'rtasidagi IV yozgi Osiyo o'yinlarining yurtingizda o'tkazilishi O'zbekistonning xalqaro maydondagi mavqeini yanada oshirishiga xizmat qiladi", - dedi Osiyo Olimpiya kengashi bosh direktori.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment