Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston toshqinlardan jabr ko'rgan Qirg'iziston aholisiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

By Farangiz_Amirkulova - 17-Iyul, 2024-yil 10:40 1,077 Koʻrishlar 0 Izoh

'zbekiston kuchli sel-suv toshqinlaridan jabr ko'rgan Qirg'iziston xalqiga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Shu munosabat bilan O'sh shahridagi "Dostuk" chegara nazorat o'tish punktida Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmognov, mamlakatimiz bosh konsuli Zafarbek Axmedov va Qirg'iziston rasmiylari hamda OAV vakillari ishtirokida insonparvarlik yordamini topshirish marosimi bo'lib o'tdi.


Qirg'izistonning O'sh shahriga yetkazilgan 200 tonna insonparvarlik yordami tarkibidan xo'jalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar o'rin olgan.


Andijon hokimi Shuhrat Abduraxmonov boshchiligidagi delegatsiya suv toshqinlaridan jabr ko'rgan O'sh shahar aholisi bilan uchrashdi. Seldan zarar ko'rgan shahardagi xonadonlarga tashrif buyurdi, tozalash-qayta ta'mirlash jarayonlarini ko'zdan kechirdi.


Insonparvarlik yukini topshirish uchun keyingi manzil suv toshqinlaridan katta talofat ko'rgan O'sh viloyatining Qora-Suv tumanidagi hududlar bo'ldi.


Qirg'iziston tomoni insonparvarlik yordami uchun minnatdorlik bildirdi.


O'sh viloyatida kuchli yomg'ir yog'ishi sababli, sel-suv toshqinlari yuzaga keldi. Sel-suv toshqini natijasida Qora-Suv tumanining Qirg'iz-Chek, Asan-Chek, Do'stlik hamda Torgoy-Bulak qishloqlarida jami 642 ta uy, 8 ta ijtimoiy obyekt, 4 ta ko'prik jiddiy zarar ko'rgan, 15 ta oila xavfsiz joyga ko'chirilgan. Ko'plab uy hayvonlari nobud bo'lgan.


Eslatib o'tamiz, iyul oyi boshida ham O'zbekiston Qirg'izistonning seldan zarar ko'rgan hududlari aholisi uchun insonparvarlik yordami yuborgan edi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring