Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston va Saudiya Arabistoni ta'lim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qilmoqda

By Farangiz_Amirkulova - 11-Iyul, 2024-yil 11:21 1,283 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston elchisi Nodirjon Turgunov Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon arab tili akademiyasida muassasa bosh kotibi Abdulloh al-Vashmi bilan urashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot avvalida bosh kotib Saudiya Arabistoni va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalar kun sayin rivojlanib borayotganini va bu ikkala mamlakat hukumatlarining aniq sa'i-harakatlari natijasi ekanini ta'kidladi. U, shuningdek, Akademiyada O'zbekistonning 10 nafar fuqarosi ta'lim olayotganini bildirdi. Istiqbolda Akademiyada o'qiydigan o'zbekistonlik talabalarning sonini o'ttiz nafarga yetkazish rejalari ma'lum qilindi.


O'zbekiston rasmiy vakili ta'lim yo'nalishidagi hamkorlik ko'lamini kengaytirish, Akademiya va mamlakatimizdagi xususiy universitetlar o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish, qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish, o'zbekistonlik talabalar uchun qabul kvotalarini oshirish, ikki mamlakat mutaxassislari tajriba almashinuvini yo'lga qo'yish singari qator takliflarni ilgari surdi.


Akademiya bosh kotibi ushbu takliflarni to'liq qo'llab-quvvatlashini va amaliy ishlarni boshlash uchun zarur ko'mak ko'rsatishini tasdiqladi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring