Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Eindhovenda Navro‘z sayli ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 24-Mart, 2026-yil 22:53 1,005 Koʻrishlar 0 Izoh


Niderlandiyaning Eindhoven shahrida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlandi. Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasining Bryusseldagi elchixonasi hamda Benilyuks mamlakatlaridagi O‘zbekistonlik ayollar jamiyati hamkorligida tashkil etildi. Unda 60 nafardan ortiq xorijdagi vatandoshlar va mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.




Bayram davomida vatandoshlar tomonidan bahor va Navro‘z mavzusidagi she’rlar o‘qildi, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, tashkil etilgan milliy madaniy burchakda hunarmandchilik namunalari, milliy liboslar va ijodiy ishlar keng namoyish qilindi.




 


Milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida ishtirokchilar raqsga tushib, bayramga alohida shukuh bag‘ishladilar. Xorijlik mehmonlar tadbirni katta qiziqish bilan kuzatib, o‘z ijobiy taassurotlarini bildirdilar.



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring