Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston Yekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan "Innoprom-2024" sanoat mahsulotlari ko'rgazmasida ishtirok etdi

By Farangiz_Amirkulova - 11-Iyul, 2024-yil 11:19 785 Koʻrishlar 0 Izoh

Rossiyaga tashrif dasturiga muvofiq O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Yekaterinburg shahrida bo'lib o'tgan "Innoprom-2024" sanoat mahsulotlari ko'rgazmasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma'lumotiga ko'ra, "Innoprom – 2024" ko'rgazma maydoni 50 000 kv.m.ni tashkil etdi. Ko'rgazmada Xitoy, Turkiya, BAA, Belarus va boshqa mamlakatlar mahsulotlari namoyish etilmoqda. Ko'rgazma dasturida sanoatni rivojlantirish va investitsiyalar, savdo aloqalari, energetika va boshqa dolzarb mavzularda 100 dan ortiq davra suhbatlari va panel munozaralari o'rin olgan.


Ko'rgazmaning asosiy tadbiri "Ufq – 2035: ShHT – jahon iqtisodiyotining o'qi" nomli panel munozarasi bo'ldi. Unda O'zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Rossiya sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov, Qirg'iziston iqtisodiyot va tijorat vaziri Daniyar Amangeldiyev, Qozog'iston sanoat va qurilish vaziri Kanat Sharlapayev, Belarus sanoat vaziri Aleksandr Rogojnik, Tojikiston sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir hamda ShHT Bosh kotibi o'rinbosari Sohail Xon ma'ruza qildi.


Laziz Kudratov o'z nutqida, O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) hududida investitsiyalarni rag'batlantirish va o'zaro himoya qilish mexanizmlarini, shuningdek, loyiha faoliyati va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga qaratilgan moliyalashtirish mexanizmlari joriy etishni nazarda tutuvchi yangi iqtisodiy muloqot bo'yicha hamkorlik dasturini yaratish taklifining konstruktivligini alohida ta'kidladi.


Ko'rgazma doirasida Rossiyaning qator vazirliklari, hududlari va kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.


Xususan, Rossiyaning yangi tayinlangan sanoat va savdo vaziri Anton Alixanov bilan muzokaralar chog'ida tomonlar amaldagi kelishuvlarni hayotga tatbiq qilish jarayonini atroflicha muhokama qildilar va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha aniq rejalar ishlab chiqdilar.


Umuman olganda, Rossiyaga tashrif doirasida o'tkazilgan tadbirlar, uchrashuv va muzokaralar tomonlarning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, yangi istiqbolli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirish bo'yicha keng qamrovli qo'shma ishlarni davom ettirishga ijobiy munosabati va tayyorligini yaqqol namoyon etdi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring