Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!

By Muxtasar_Qodirova - 19-Mart, 2026-yil 11:07 1,392 Koʻrishlar 0 Izoh

#Hududlarda_bayram_shukuhi 





Navoiy viloyat qozoq milliy madaniy markazi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyatda “Navro‘z navolari” shiori ostida keng ko‘lamli bayram sayli tashkil etildi. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash, turli millat va elatlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.





Bayram saylida viloyatning turli hududlaridan tashrif buyurgan mehmonlar, nuroniylar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Tadbir davomida milliy urf-odat va an’analarni aks ettiruvchi sahna ko‘rinishlari, folklor jamoalarining chiqishlari, kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi. 






Sayl hududida milliy taomlar ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda turli xalqlarga xos taomlar, jumladan, sumalak, palov va boshqa bahoriy ne’matlar tortiq etildi. Hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasi esa mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi — unda milliy liboslar, qo‘l mehnati mahsulotlari va suvenirlar namoyish qilindi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring