Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Jenevada o'tkazilgan tadbirda O'zbekistonda gender tengligini ta'minlash va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha vazifalar yuqori baholandi

By Farangiz_Amirkulova - 9-Iyul, 2024-yil 14:57 910 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekistonning Jeneva shahridagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti bo'linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasi tomondan BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi (IHT) 56-sessiyasi doirasida "Gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi kurash: iqtisodiy o'sish, inklyuzivlik va barqaror rivojlanish yo'li" mavzusidagi tadbirni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Anjuman O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Yevropa Ittifoqining Jenevadagi diplomatik vakolatxonalari tashabbusi bilan o'tkazildi.


Tadbirning asosiy ishtirokchilari sifatida barcha Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi davlatlarining doimiy vakillari, shuningdek, Xalqaro mehnat tashkilotining Xalqaro mehnat standartlari departamenti direktori K.Vara, shuningdek, 60 dan ortiq a'zo davlatlar, BMT tuzilmaviy bo'linmalari va qator xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.


O'zbekiston tomoni ishtirokchilarga Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida yurtimizda bilan gender tengligini ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil so'zlab berdi.


Xususan, keyingi yillarda O'zbekistonda Barqaror rivojlanish maqsadlariga to'liq erishish, gender tengligini ta'minlash, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning davlat boshqaruvidagi rolini oshirish borasida salmoqli yutuqlarga erishilgani alohida ta'kidlandi.


Qayd etilishicha, Jahon banki tomonidan ishlab chiqilgan indeksga ko'ra, O'zbekiston gender tengligi bo'yicha dunyoning eng jadal rivojlanayotgan 5 ta davlatidan, ochiq gender ma'lumotlari indeksiga ko'ra esa 20 ta mamlakat qatoridan joy olgan.


Shu bilan birga, ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida O'zbekistonda davlat organlarida xotin-qizlarning ulushi 27 foizdan 35 foizga, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida 46 foizga ko'paygani, xotin-qizlar bandligini ta'minlash O'zbekiston iqtisodiy siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangani ma'lum qilindi.


Shuningdek, ishtirokchilar e'tibori O'zbekiston tashabbusi bilan 2021-yilda tashkil etilgan va mintaqaning barcha beshta davlatini qamrab olgan "Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqoti"ga qaratildi.


Tadbirda so'zga chiqqan Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va XMT vakillari O'zbekistonda oiladagi zo'ravonlik jinoyat deb topilgani, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan chora-tadbirlarga yuqori baho berishdi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring