
Xabar berganimizdek, ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi K.Sariyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganib chiqilmoqda.

Bugun Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talaba yoshlari ishtirokida “O‘zbekiston — ko‘p millatli, bag‘rikeng o‘lka” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o'tkazildi. Tadbirning asosiy maqsadi — mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlik, bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, yosh avlod ongiga Vatanga muhabbat, tinchlik va birdamlik g‘oyalarini singdirishdan iborat bo‘ldi.


Tadbir doirasida turli millatlarning urf-odat va an`analari haqida so'zlovchi milliy liboslar, rassomlik va hunarmandchilik ko'rgazmalari tashkil etildi. Tadbirning badiiy qismida universitet talaba yoshlari tomonidan millatlararo totuvlik, hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo'shiqlar ijro etildi.

0 Izoh