
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Qo‘mita raisi K.Sariyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi F.Ermanov bilan birgalikda Nukus shahrida amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
Ishchi guruh tomonidan:
Nukus shahridagi Do'stlik uyida joylashgan 5 ta milliy madaniy markazlar (turkman, rus, qozoq, ukrain, koreys) faoliyati bilan yaqindan tanishildi;

Ushbu markazlar tomonidan milliy urf-odat va an’analarni asrab-avaylash, yosh avlodni millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi;
Markazlarning moddiy-texnik bazasi, ijodiy jamoalari, to‘garaklar faoliyati hamda turli madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasidagi tajribasi ko‘zdan kechirildi;

Milliy madaniy markazlar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hududlarda millatlararo totuvlikni mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
0 Izoh