Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan "O‘zbek va qirg‘iz xalqlari do‘stligi" madaniyat, qadriyat va meros nomli grant loyihasi doirasida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi Andijon viloyati bo‘limi tomonidan tashkil etilgan mazkur madaniy-ma’rifiy tadbirda turli millat vakillari, mahalla faollari, yoshlar, ustoz va murabbiylar ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi turli millat vakillari o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhini oshirish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdan iboratdir.

Tadbir yakunida faol ishtirokchilar hamda tadbir doirasida tashkil etilgan musobaqa g‘oliblariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

0 Izoh