
Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida yashab ijod qilayotgan yozuvchi Isoqjon Nishonovning “Xazon bo‘lgan bolalik” (“Broken Blossoms”) asari AQSHda chop etildi. Ayni kunlarda Isoqjon Nishonov Nyu-York, Vashington va Baltimor shaharlarida o‘tkazilayotgan xalqaro yozuvchilar anjumanlarida ishtirok etmoqda.

Denver shahridagi universitet kutubxonalarida bo‘lib o‘tgan ijodiy muloqotlarda talabalar o‘zbek adabiyoti, uning tarixi va bugungi taraqqiyoti haqida katta qiziqish bildirdilar.
0 Izoh