Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKOning ro‘yxatiga kiritildi

By Muxtasar_Qodirova - 26-Fevral, 2026-yil 22:09 1,122 Koʻrishlar 0 Izoh



2026-yil 9-13-fevral kunlari O‘zbekistonda bo’lib o’tgan "Islom olami madaniy merosi bo‘yicha qo‘mitaning 13-sessiyasi"ning yakuniy xulosalari ma’lum qilindi. Unga ko’ra, O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan 9 ta nomzodnomalardan 7 tasi ma’qullanib, AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlarining boshlang‘ich ro‘yxatiga kiritildi. 




Ro’yxatga  quyidagilar kiritilgan:


- 4 ta nomoddiy madaniy meros namunasi - yog‘och o‘ymakorligi san’ati, miniatyura san’ati, xattotlik san’ati, kitobat va tahzib san’ati; 




- 3 ta moddiy madaniy meros obyekti - Qadimiy Termiz majmuasi, Shahrisabz tarixiy-majmuasi, Mizdahkan tarixiy-majmuasi. 




Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar O‘zbekiston Respublikasining quyidagi 19 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan: 




Samarqand shahridagi Registon majmuasi, Ismoil Samoniy maqbarasi, Chor Bakr majmuasi, Bahouddin Naqshband majmuasi, Magoki Attor masjidi, Poyi Kalon majmuasi, Qadimiy Poykent shahri xarobalari, Saroyi Tosh madrasasi, Ipak yo‘llari: Zarafshon–Qaroqum yo‘lagi, Turonning sovuq qishloq cho‘llari, Samarqand — madaniyatlar chorrahasi, Buxoro tarixiy markazi, Zomin tog‘lari (Jizzax viloyati), Shahrisabz tarixiy markazi, Sulton Saodat majmuasi, Muhammad Hakim Termiziy maqbarasi, Sulton Uvays Bobo maqbarasi, Sayyid Ataliq madrasasi hamda O‘zbekistonda kulolchilik (keramika) san’ati.




Kuni kecha ro'yxatga olinganlar bilan jami 26 ta O‘zbekistonning moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari  AYSESKOning Moddiy va nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring