Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Surxondaryo viloyatida milliy madaniy markazlar faoliyati muhokama qilindi

By Muxtasar_Qodirova - 25-Fevral, 2026-yil 22:59 1,104 Koʻrishlar 0 Izoh



Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamda Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi viloyat bo‘linmasi hamkorligida “Surxondaryo viloyatida milliy madaniy markazlar faoliyati va millatlararo bag‘rikenglikni rivojlantirishdagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 




Tadbirda viloyatda faoliyat yuritayotgan rus, tojik, turkman va mo‘ltoni-lo‘li milliy madaniy markazlari a’zolari, talaba yoshlar ishtirok etdi.




Davra suhbati davomida mamlakatimizda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tili, madaniyati, urf-odat va an’analarini asrab-avaylash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi. 


Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan millatlararo munosabatlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha fikr va mulohazalar bildirildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring