Bugun O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri TIV rahbari matbuot kotibi Axror Burxanov.
O'zbekiston delegatsiyasi Kuala-Lumpur shahrida Malayziya tashqi ishlar vaziri Muhammad Hoji Hasan bilan muzokaralar hamda bir qator yuqori darajadagi uchrashuvlar o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 17-19-may kunlari O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo'lgan. Tashrif doirasida oliy darajadagi ikki tomonlama samarali muzokaralar o'tkazilgan edi.
0 Izoh