Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Til –millat koʻzgusi

By Muxtasar_Qodirova - 18-Fevral, 2026-yil 15:56 1,233 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Parkent tumani 33-sonli umumta’lim maktabida Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda Oʻzbekiston qirgʻiz milliy madaniy markazi hamkorligida 21-fevral − Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan “Til –millat koʻzgusi” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


 

Tadbir mehmonlari ona tilining millat ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Jumladan, Qo‘mita bosh mutaxassisi B.Boltayev davra qatnashchilarini bayram bilan tabriklab, mazkur tadbir o‘zbek va qirg‘iz tillarining boyligi hamda go‘zalligini keng targ‘ib etishga, shu bilan birga millatlararo do‘stlik va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.




Badiiy qismda o‘quvchilar tomonidan o‘zbek va qirg‘iz tillarida ona tilini ulug‘lovchi she’riy chiqishlar namoyish etildi. Milliy kuy-qo‘shiqlar va raqslar ijro etilib, madaniy sahna ko‘rinishlari orqali til va milliy qadriyatlarning uyg‘unligi ifoda etildi.




Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ona tiliga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va millatlararo totuvlik g‘oyalarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring