Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

“Agidel” ansambli rahbari Emma Magiyarova 85 yoshda

By Muxtasar_Qodirova - 16-Fevral, 2026-yil 19:07 1,160 Koʻrishlar 0 Izoh


Bugun A.Z.Validi nomli Toshkent shahar boshqird jamoat-madaniy markazi qoshidagi “Agidel” ansambli rahbari Emma Magiyarovaning 85 yoshga to‘lishi munosabati bilan tantanali tadbir dasturi tashkil etildi.




Mazkur tadbir boshqird milliy madaniyati va san’atini rivojlantirish, millatlararo madaniy hamkorlikni mustahkamlash hamda ko‘p yillik samarali ijodiy faoliyati bilan jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘lgan E.Magiyarovaning xizmatlarini munosib taqdirlash maqsadida o‘tkazildi.




Konsert dasturi doirasida “Agidel” ansambli ijrochilari hamda taklif etilgan san’atkorlar tomonidan milliy kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari namoyish qilindi. Tadbirda Qoʻmita vakillari, milliy madaniy markazlar faollari, san’at ahli hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi. 



Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring