Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Хalq diplomatiyasi uchun muhim manba

By Muxtasar_Qodirova - 5-Fevral, 2026-yil 21:45 1,126 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi, “O‘zarxiv” agentligi, O'zbekistonda Shanxay Hamkorlik Tashkilotining Xalq Diplomatiyasi markazi hamkorligida “Xalqaro hamkorlikka oid arxiv hujjatlari – xalq diplomatiyasi uchun muhim manba” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir xalqaro hamkorlikka oid arxiv hujjatlarining ahamiyati va xalq diplomatiyasiga qo‘shadigan hissasi haqidagi muhim muhokamalarni o‘z ichiga oldi.




Davra suhbatida Birodar shaharlar alyansi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, O‘zFA Tarix instituti, O‘zMU Tarix fakulteti Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi, O‘zbekiston milliy arxivlari, tarixchi olimlar va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.




Tadbirning muhim qismlaridan biri arxiv materiallari ko‘rgazmasi bo‘lib, unda O‘zbekiston kinofotofono hujjatlari milliy arxivi va O‘zbekiston milliy arxivi saqlovidagi xalqaro aloqalarga oid 40 dan ortiq hujjat namoyish etildi. Tadbirda qatnashganlar mazkur materiallar orqali O‘zbekistonning xalqaro aloqalardagi o‘rni va xalq diplomatiyasining rivojlanishini o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.




 Davra suhbati yakunida Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi va Toshkent shahridagi "Kelajak" markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring