Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Alla festivali

By Muxtasar_Qodirova - 18-Dekabr, 2025-yil 18:42 1,035 Koʻrishlar 0 Izoh

Bugun  Qo'mita binosida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida Prezidentimizning 2025-yil 19-martdagi  PF–52-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, umummilliy birdamlikni mustahkamlash, turli millat vakillari yashayotgan xonadonlarda oila qadriyatlari va onalik mehrini targ‘ib etish maqsadida turli millat vakillari ishtirokida “Oila – mamlakat tayanchi” mavzusida umummilliy birdamlikni ta’minlashga qaratilgan “Xalqlar onalari mushtarakligi: Alla festivali” bo‘lib o‘tdi.




Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, “Birodar” shaharlar alyansi, “Vatandoshlar” jamoat fondi vakillari, do‘stlik jamiyatlari va milliy madaniy markazlar faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi. 


Festival avvalida ishtirokchilar bilan birgalikda mamlakatimizda millatlararo totuvlik va umummilliy hamjihatlik borasida amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarni ifodalaydigan, o‘zaro madaniy almashinuv maydoni vazifasini bajarayotgan milliy madaniy markazlar pavilyoniga sayohat tashkillashtirildi. 




Tadbirda alla farzand kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligi, onalarning farzand tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi.




Festival davomida turli millatlarga xos allalar jonli ijroda namoyish etildi. 




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring