Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Vatandoshlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 12-Dekabr, 2025-yil 22:58 972 Koʻrishlar 0 Izoh



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-52-son Farmoni va PQ-115-son qaroriga muvofiq, xorijdagi vatandoshlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish hamda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari sifat jihatidan yangi bosqichga chiqdi.


O‘zbekiston delegatsiyasining BAA (Birlashgan Arab Amirliklari)ga tashrifi davomida O‘zbekistonning Dubaydagi konsullik binosida turli sohalarda mehnat qilayotgan malakali mutaxassislar, talabalar hamda yirik tadbirkor vatandoshlarimiz ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.


Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo’yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev tomonidan O‘zbekistondagi keng ko‘lamli islohotlar va yangi imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda amalga oshirilayotgan yangicha yondashuvlar haqida axborot berildi.


Uchrashuvda, O‘zbekistonda millatlararo totuvlik, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik aloqalarini mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonda demokratik rivojlanish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Respublikamizda biznes va investitsiya kiritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imtiyozlar yuzasidan ma’lumot berildi. Shuningdek, O‘zbekistonda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan vatandoshlarning takliflari olindi.


Qolaversa, joriy yil 19-mart kuni qabul qilingan Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasini tashkil etishga qaratilgan Prezidentimizning PF-52-son Farmoni va PQ-115-son qarorida belgilangan vazifalar doirasida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga qaratilgan “Uz Global Think”, “Who Is Who”, BMT Taraqqiyot dasturining “Xorijdagi vatandoshlar orqali bilimlarni transfer qilish” (TOKTEN) dasturi, xorijiy o‘quv yurtlarini bitirib, o‘sha davlat hududida yashab, ishlab kelayotgan vatandoshlarni birlashtiruvchi, ularni qo‘llab quvvatlovchi “O‘zbekistonlik bitiruvchilar” kabi loyihalar haqida ma’lumot berildi.   

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring