Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xizmat faoliyatiga oid umumiy odob-axloq qoidalari

By Muxtasar_Qodirova - 17-Oktabr, 2025-yil 22:49 1,594 Koʻrishlar 0 Izoh

Davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari – davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida xodimlarning bu boradagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida ma'rifat soati o'tkazildi.   Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo'yicha bosh mutaxassis D. Shodiyeva tomonidan xodimlarga davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalari toifalar kesimida “Kasbiy madaniyatga oid umumiy odob-axloq qoidalari”, “Xizmat faoliyatiga oid umumiy odob-axloq qoidalari”, “Xizmatdan tashqari odob-axloq qoidalari”, “Jamoatchilik, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan munosabatlarga oid odob-axloq qoidalari” va “Xizmat faoliyatidagi ko‘rinishi va kiyinishi uslubiga oid odob-axloq qoidalari” bo'yicha  ma'lumotlar berildi.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring