Bugun Qo’mita binosida “Hududlar savdo-iqtisodiy tarmoqlarida hamkorlikni kengaytirishga ko‘maklashish” mavzusida davra suhbati va anglashuv memorandumi imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi, “Birodar shaharlar alyansi”, do‘stlik jamiyatlari, milliy madaniy markazlar vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida:
🔸 O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov,
🔸 “Birodar shaharlar alyansi” raisi Zokir Abidov ma’ruza qildi.

Uchrashuv davomida hududlar o‘rtasida tajriba almashish, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, savol-javoblar, anglashuv memorandumi imzolash marosimlari bo‘lib o‘tdi.

0 Izoh