22-sentyabrda respublikamizning barcha hududlarida navbatdagi “Avtomobilsiz kun” (“World Carfree Day”) aksiyasi o‘tkaziladi.
Bu kun — shahar shovqinidan dam oladigan, odamlar esa tabiatni eshita oladigan kundir. Avtomobilsiz harakatlanishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish, katta shaharlarda tirbandlikni kamaytirish, jamoat transportini rivojlantirish va tabiatni muhofaza qilish kabi masalalarga jamoatchilik e’tiborini qaratishdir.
O'zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi barcha yurtdoshlarimizni “Avtomobilsiz kun” aksiyasida faol ishtirok etishga chaqiradi.
Tabiatni asrash — har birimizning fuqarolik burchimiz!
0 Izoh