Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Xitoydan munosabat: O'zbekiston Prezidenti yangi transport yo'nalishlarini yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha muhim takliflarni ilgari surdi

By Farangiz_Amirkulova - 11-May, 2024-yil 19:54 1,034 Koʻrishlar 0 Izoh

Jenmin universiteti huzuridagi Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo bo'yicha markaz direktori o'rinbosari Lyu Syuy "Dunyo" AA uchun intervyusida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 8 may kuni Moskva shahrida kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley majlisida ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

— O'zbekiston Prezidenti transport yo'nalishlarini yaratish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish bo'yicha muhim takliflarni ilgari surdi. Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo hamda Yaqin Sharq bozorlariga chiqish imkonini beruvchi "Shimol–Janub" transport koridorini rivojlantirish muhimligi ham qayd etildi.


O'zbekiston va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) o'rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish bo'yicha taklif qilingan chora-tadbirlar, jumladan, YOII Yagona bojxona tranziti tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, Yevroosiyo "Agroekspressini" rivojlantirish, "yashil" va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qo'shma agrosanoat klasterlari va logistikasini yaratishni qo'llab-quvvatlash, mamlakatlar o'rtasidagi tranzit va savdo tartiblarini soddalashtirishga qaratilgan.


Umuman olganda, ushbu chora-tadbirlar nafaqat O'zbekiston, balki YOIIga a'zo davlatlarining ham rivojlanishini rag'batlantirishi shubhasiz.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring