Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Do‘stlik ko‘priklari

By Muxtasar_Qodirova - 26-Avgust, 2025-yil 22:13 307 Koʻrishlar 0 Izoh

Farg‘ona shahrida viloyat hokimligi hamda O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘izistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamkorligida “Do‘stlik ko‘priklari: tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusida mintaqaviy festival bo‘lib o‘tdi.

Tadbir Yevropa Ittifoqi va Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi tomonidan moliyalashtirilayotgan “Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanish sari” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Festival dasturidan:

  • milliy an’ana va qadriyatlarni aks ettirgan ko‘rgazma;

  • hududiy mahsulotlar yarmarkasi;

  • mini-grant dasturlari doirasidagi loyihalar taqdimoti va muhokamasi o‘rin olgan.

Unda uch qo‘shni davlatdan tashrif buyurgan mini-grant ishtirokchilari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, mutaxassislar, xalqaro hamkorlar, fuqarolik jamiyati faollari va OAV vakillari qatnashdi. Muhokamalarda amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish choralarini belgilash, shuningdek, davlatlararo yaxshi qo‘shnichilik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Festival yakunida tomonlar hamkorlik istiqbollari yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring