Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Matbuot anjumani

By Muxtasar_Qodirova - 25-Iyul, 2025-yil 15:07 412 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi binosida 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Do‘stlik” festivali yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.




Tadbirda Qo‘mita rahbariyati, milliy madaniy markazlar, do‘stlik jamiyatlari, Birodar shaharlar alyansi vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Anjumanda “Do‘stlik festivali” doirasida rejalashtirilgan asosiy tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.




📋 Qo‘mita raisi Q. Sariyev o‘z tabrigida anjuman ishtirokchilarini 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni bilan qutlab, festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan tashkil etilganini va uning asosiy maqsadi millatlararo totuvlikni mustahkamlash, o‘zaro ishonch muhitini rivojlantirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlar bilan hamkorlikni mustahkamlash ekanini ta’kidlab o‘tdi. 




Matbuot anjumani davomida jurnalistlar savollariga atroflicha javoblar berildi. Tadbir ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalarida mamlakatda qaror topgan millatlararo bag‘rikenglik va totuvlik muhitini asrab-avaylash zarurligini alohida ta’kidladilar.




Ta’kidlash joizki, festival doirasida 25-31–iyul kunlari mamlakatimizda turli madaniy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-amaliy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring