Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekistonlik yosh shifokorlar Germaniyada tajriba oshirmoqda

By Muxtasar_Qodirova - 16-Iyul, 2025-yil 15:30 374 Koʻrishlar 0 Izoh

Germaniyaning www.tagesschau.de va www.ndr.de  saytlarida "Tibbiyot sohasida tajriba almashish: O'zbekistonliklar Lyubek shahridagi Shlezvig-Holshtayn universiteti klinikasida" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

Nashrda O'zbekiston yosh shifokorlari delegatsiyasi Germaniyaning Lyubek shahriga ilk bor malaka oshirish uchun kelgani ma'lum qilingan. "O'zbekistondagi shifoxonalarda faoliyat olib borayotgan o'n bir nafar yosh tibbiyot xodimi ikki hafta davomida Shlezvig-Holshtayn universiteti klinikasida bilim va ko'nikmalarini oshiradilar",– deyilgan manbada.


O'zbekiston vakillari onkologiya, ginekologiya va kardiojarrohlik sirlarini o'rganadilar. Maqsad Germaniyadagi zamonaviy muolaja usullarini o'rgangan holda ularni O'zbekiston tibbiyot sohasiga qo'llashdir.


Shlezvig-Holshtayn universiteti tibbiyot markazi (UKSH) Shlezvig-Holshtayn federal o'lkasidagi oliy darajali shifoxonalar sirasiga kiradi. Kil va Lyubek shaharlarida ushbu universitet klinikalarida 2 ming 600 nafar bemorni qabul qilish imkoniga ega. UKSH nafaqat Germaniyada, balki Yevropada ham eng yirik universitet shifoxonalaridan hisoblanadi.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring