Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekiston o'z tarixida birinchi marta BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Kengashiga saylandi

By Muxtasar_Qodirova - 7-Iyul, 2025-yil 21:52 195 Koʻrishlar 0 Izoh

Shu yil 4 iyul kuni Rimda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) Kengashining 2028-2029-yillarga mo'ljallangan a'zoligiga saylovda O'zbekiston tarixida birinchi marta ushbu nufuzli organ tarkibiga bir ovozdan saylandi.

TIV ma'lumotiga ko'ra, Kengash geografik taqsimotni hisobga olgan holda 3 yilgacha muddatga saylanadigan 49 ta a'zo davlatdan iborat. Kengash o'z vakolatlari doirasida byudjet, FAO dasturlarini muhokama qiladi hamda Konferensiyaga muhim qarorlar va tavsiyalar beradi.


O'zbekistonning mazkur organga saylangani O'zbekiston Prezidenti rahbarligida qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan chuqur o'zgarishlar va mamlakatimizning global jarayonlardagi roli ortib borayotgani xalqaro miqyosda e'tirof etilganining yorqin ifodasidir.


FAO Kengashiga a'zolik O'zbekiston uchun global qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat siyosatini shakllantirish, me'yoriy hujjatlar va standartlarni ishlab chiqish, milliy va mintaqaviy tashabbuslarni taqdim etish, shuningdek, loyihalarni ilgari surish va qo'shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishda keng imkoniyatlar ochadi

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring