Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

"Chinor" loyihasi

By Muxtasar_Qodirova - 25-Iyun, 2025-yil 16:44 112 Koʻrishlar 0 Izoh




Xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan katta yoshdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif etish orqali ularga “Yangi O‘zbekiston” g‘oyasini tanitish, etnik o‘zbeklar va ularning kelib chiqish tarixi, urf-odat va qadriyatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berish, yurtimizda yoshi katta nuroniylar bilan olib borilayotgan tizimli ishlar, mamlakatimizda shakllangan adabiy muhitdan xabardor etish, faol vatandoshlik pozitsiyasini rivojlantirish maqsadida “Vatandoshlar” jamoat fondining “Chinor” loyihasi doirasida bir guruh xorijiy davlatlarda istiqomat qilayotgan nuroniy vatandoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. 






Mazkur uchrashuvda Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi rahbariyati ham ishtirok etdi. Uchrashuv so‘ngida “Vatandoshlar” jamoat fondi va Birodar shaharlar alyansi o'rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.




Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring