6 iyun - rus shoiri Aleksandr Sergeevich Pushkin tavallud topgan kun.
Poytaxtimizdagi Aleksandr Pushkin haykali maydonida shoir tavalludining 226 yilligi munosabati bilan haykal poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda keng adabiy jamotchilik vakillari, Rus madaniyat markazi vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid o‘z so‘zida Pushkin she’riyatining o‘zbek kitobxonlari orasida alohida o‘rni borligini, o‘zbek shoirlari tomonidan Pushkin she’rlari mahorat bilan tarjima qilinganligini aytib o‘tdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar Pushkinning tili va asarlari Rossiyada ham, O‘zbekistonda ham birdek tushunarli va ardoqli ekanini ta’kidlab o‘tishdi.
0 Izoh