Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashuv

By Muxtasar_Qodirova - 28-May, 2025-yil 15:54 169 Koʻrishlar 0 Izoh

Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi boshchiligidagi delegatsiyaning  Ozarbayjonga tashrif davomida O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasida Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Bokuda vaqtincha bo‘lib turgan 35 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari, ushbu mamlakatning turli sohalarida mehnat faoliyatini olib borayotgan vatandoshlar ishtirok etdi. 




Uchrashuv davomida O‘zbekistonda turli sohalarda keng ko‘lamli islohotlar va imkoniyatlar yaratilayotgani, jumladan, xorijdagi vatandoshlarni himoya qilish va qo‘llab-quvvatlashda mutlaqo yangicha yondashuvlar amalga oshirilayotgani, shu nuqtai nazardan, uchrashuv ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan xorijdagi vatandoshlar bilan aloqalarni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasidagi maqsad va vazifalar to‘g‘risida axborot berildi.


Ozarbayjon Respublikasi hududida vatandoshlarimizni ishga joylashishi bilan bog‘liq qiyinchiliklar muhokama qilindi. Ushbu masala bo‘yicha tegishli tashkilotlarga Qo‘mita tomonidan murojaat qilinishi hamda muammo tez fursatlarda bartaraf etilishi to‘g‘risida ma’lumot berildi.  Ozarbayjondagi vatandoshlar bilan uchrashuv so‘ngida vatandoshlarga o‘zbek tilidagi bir qator adabiyotlar tarqatildi. Xususan, 100 ga yaqin badiiy adabiyotlar,  “O‘zbeksiton umumiy uyimiz” foto albomi va “O‘zbekiston” jurnali shular jumlasidandir. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring