Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Rossiyaning Primorsk o'lkasi Ussuriysk shahrida "Palov festivali" o'tkazildi

By Muxtasar_Qodirova - 6-May, 2025-yil 20:44 40 Koʻrishlar 0 Izoh




Ussuriysk shahridagi "Blagodat" nomli dam olish markazida o'tkazilgan festival O'zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Primorsk o'lkasi koreyslari milliy-madaniy avtonomiyasi jamoat tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.


Tadbirda Primorsk o'lkasida akkreditatsiyadan o'tgan diplomatik korpus, o'zbek, koreys va boshqa millat diasporal tashkilotlari vakillari, mahalliy aholi va faol vatandoshlar ishtirok etdi.


Festival doirasida O'zbekiston salohiyatiga bag'ishlangan ko'rgazma tashkil etildi. Ishtirokchilarga mamlakatimizda sayyohlikni rivojlantirish borasida olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, yurtimizning mazkur yo'nalishdagi boy salohiyati, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi ko'hna shaharlarimizda turistlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda "Samarqand – Yangi O'zbekistonning turizm darvozasi" konsepsiyasining mazmun-mohiyati haqida ma'lumot berildi.


"Palov festivali" davomida mahoratli oshpazlar tomonidan palov tayyorlash bo'yicha master-klass o'tkazildi. Shuningdek, o'zbek palovining Toshkent, Farg'ona, Andijon, Buxoro, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari turlari tayyorlandi.


Tadbir doirasida o'zbek diasporasi vakillari tomonidan o'zbek milliy kuy-qo'shiqlari ijro etildi.


Mehmonlar "Palov festivali" yuqori darajada o'tganini ta'kidlash barobarida, o'zbek xalqining mehmon do'stligini yana bir karra e'tirof etdilar.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring