Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekistonlik maktab o'quvchilari O'monda ta'lim sayohatida bo'ldi

By Muxtasar_Qodirova - 4-May, 2025-yil 23:15 23 Koʻrishlar 0 Izoh

O'zbekiston va O'mon o'rtasida maktab ta'limi va madaniy almashinuv loyihasi doirasida Toshkentdagi "NovaSchool" maktabi o'qituvchilari joriy yilning 9-16-aprel kunlari Masqat shahrida bo'ldi.

Mazkur dasturni amalga oshirish masalalari Masqat shahrida shu yil fevral oyida bo'lib o'tgan O'zbekiston va O'mon biznes yetakchilari hamda ta'lim muassasalari vakillari forumi davomida muhokama qilingan edi. Xususan, O'monning "MySchool" maktabi rahbari Nabil Xajlaviy O'zbekistondagi "NovaSchool" maktabi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirdi. O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o'rinbosari Nodira Shotursunova boshchiligidagi delegatsiya ushbu loyihani kelishish uchun "MySchool" maktabi rahbari Nabil Xajlaviy bilan muzokara o'tkazdi.


Uchrashuv yakunlariga ko'ra, ikki maktab o'rtasida almashinuv dasturini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi. Dastur ikki mamlakat o'quvchilarining yetti kunlik safarlarini grant asosida amalga oshirishni nazarda tutadi.


Loyihaning birinchi bosqich 9-16-aprel kunlari bo'lib o'tdi. Mazkur sanalarda "NovaSchool"ning 9 nafar o'quvchisi Masqatda bo'ldi. Safar davomida ular O'zbekiston madaniyati, tarixi va an'analarini namoyish etishdi, shuningdek, O'monning madaniy merosi bilan tanishib, o'z tengqurlari bilan do'stona aloqalar o'rnatdilar.


"MySchool" o'quvchilarining O'zbekistonga javob safari joriy yil kuz faslida rejalashtirilgan.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring