Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O'zbekistonning boy madaniy merosi Olmaotada o'tkazilgan xalqaro tadbir mehmonlarida katta taassurot qoldirdi

By Farangiz_Amirkulova - 2-May, 2025-yil 11:42 147 Koʻrishlar 0 Izoh

Olmaota shahridagi Sulaymon Demiyerel nomidagi universitetda o'tkazilgan "Xalqaro madaniyat kuni" tadbirida O'zbekistonning boy madaniy merosi namoyish etildi, deb xabar qilmoqda Dunyo AA muxbiri.

O'zbekiston Bosh konsulxonasi va mazkur universitetda tahsil olayotgan vatandosh talabalar tomonidan mamlakatimiz stendni tashkil etildi. Unda O'zbekiston madaniyati, xalqimizning urf-odat va an'analari namoyish etildi.


O'zbek milliy liboslari, sarxil meva-sabzavotlar, non mahsulotlari, turli shirinliklar va milliy taomlarimiz yig'ilganlarga katta taassurot qoldirdi.


Tadbir so'nggida xorijiy talabalar tomondan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etildi. O'zbekistonlik talabalar ijrosidagi milliy raqslar va qo'shiqlar yig'ilganlar tomonidan davomiy olqishlar bilan kutib olindi.


O'zbekiston diplomatlari Sulaymon Demirel nomidagi universitet rektori bilan alohida uchrashuv o'tkazdilar. Qozog'iston vakili O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan izchil islohotlar va ularning samarali natijalari bilan tanishtirildi. Shuningdek, tomonlar ikki mamlakat oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikni yanada jadallashtirish va qo'shma ta'lim dasturlarini yo'lga qo'yish muhimligini ta'kidladilar.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring