O'zbekistonning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari Xitoyning Yanchjou universitetida tahsil olayotgan vatandosh talabalar bilan muloqot qildilar.
Suhbat chog'ida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va ahamiyati, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, xususan ta'lim olishi, iqtidorini namoyish etishi, bandligini ta'minlash bo'yicha yaratilgan sharoitlar to'g'risida to'xtalib o'tildi. Hamyurtlarimizning xorijda olgan bilimlari kelgusida O'zbekistonni yana-da taraqqiy etishida asqotishi ta'kidlandi.
Talabalarga mahalliy qonun-qoidalarga amal qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi. Bosh konsulxonaning asosiy vazifalari va xizmatlari to'g'risida aytib o'tildi, vaqtincha konsullik hisobiga turishning afzalliklari urg'ulandi. Shuningdek, talabalar bilan ularning o'qishi va yashashi bilan bog'liq masalalar xususida fikr almashildi.
Bo'lib o'tgan muloqot yakunida vatandosh talabalar bilan birgalikda yurtimizda nishonlanadigan bayramlar va muhim sanalarga doir tadbirlarni tashkil etishga kelishib olindi.
0 Izoh