Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

O‘zbekiston milliy qadriyatlari va sayyohlik salohiyati Xitoyda namoyish etildi

By admin - 5-Aprel, 2024-yil 8:47 1,105 Koʻrishlar 0 Izoh

Xitoyning Shenjen shahridagi Biznes maktabida Xalqaro madaniyat kuni tadbirlari o'tkazildi.

"Dunyo" axborot agentligining xabar qilishicha, tadbirda mamlakatimizning Guanchjoudagi Bosh konsulligi ko'magida Shenjen shahrida yashayotgan vatandoshlarimiz tomonidan O‘zbekiston milliy burchagi tashkil etildi.

Milliy burchakda quritilgan mevalar va shirinliklar, o'zbek milliy liboslari, sopol buyumlari va yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini targ'ib etuvchi materiallar namoyish etildi.

Tadbir tashkilotchilari va mehmonlariga yurtimiz boy tarixi, qadimiy shaharlari, turizm imkoniyatlari, mazkur yo'nalishda yurtimizda amalga oshirilayotggan islohotlar to'g'risidagi jurnal va bukletlar tarqatildi.

E'tiborlisi, O‘zbekiston vakillari tomonidan taqdim etilgan milliy taomlar va liboslar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.

Yakunda O‘zbekiston burchagi tashkilotchilar tomonidan eng yaxshi bezatilgan milliy stend nominatsiyasida g'olib deb e'lon qilindi.


Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring