Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!

By Muxtasar_Qodirova - 12-Aprel, 2025-yil 19:39 335 Koʻrishlar 0 Izoh

O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo’mitasida  “Qadriyatlaring boqiy bo‘lsin, Navro‘z!” shiori ostida Sumalak sayli o‘tkazildi.


 


Tantanada O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxramon Sariyev qadimiy va fayzli ayyomning mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tdi.




   – "Navro‘z nafaqat xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelgan milliy an’analari va ma’naviy merosining ifodasi, balki umuminsoniy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan bayram sifatida ham alohida o‘rin tutadi. Ushbu bayram insonlarni mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlikka chorlab, millatlar va elatlar o‘rtasida do‘stlik va totuvlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi” – deya ta'kidladi.





Navro‘z chin ma’noda insoniylik, iymon-e’tiqod, totuvlik va osoyishtalikning tantanasidir. Prezidentimiz haqli e’tirof qilganlaridek: “Sharqona yangi yil boshlanadigan qutlug‘ kun — Navro‘zi olam asrlar davomida bahor, ezgulik, mehr-oqibat, mehnat va bunyodkorlik ramzi sifatida el-yurtimizning ijtimoiy-ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin tutib kelmoqda. Bu munavvar ayyom keyingi yillarda Vatanimizda amalga oshirilayotgan «Inson qadri uchun, inson baxti uchun» degan olijanob g‘oyaga hamohang bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi hamda mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlarida keng nishonlanmoqda”.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring