Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

"National Geographic" jurnali saytida "2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti Xivaga tashrif buyurish uchun oltita sabab" sarlavhali maqola e'lon qilindi

By admin - 4-Aprel, 2024-yil 8:56 892 Koʻrishlar 0 Izoh

Dunyoga mashhur "National Geographic" jurnali saytida "2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti Xivaga tashrif buyurish uchun oltita sabab" sarlavhali maqola e'lon qilindi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.

1712145917740_1jpg

Maqolada O‘zbekistonning Xiva shahri osmon ostidagi muzey deya e‘tirof etiladi. "Yaxshi saqlangan ko‘chalar, g‘ishtdan yasalgan masjidlar va mahobatli qal‘a devorlari Ipak yo‘li va qadimda bu yerdan o‘tgan ko‘plab karvonlar haqidagi xotiralarni uyg‘otadi", – deb yozgan maqola muallifi O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson.

U, shuningdek, "Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti", deb e‘lon qilinganini xabar qilgan. Qayd etilganidek, Xiva ushbu tanlovda Abu-Dabi, Nigeriyaning Lagos va Turkiyaning Urfa kabi shaharlarini ortda qoldirdi. Bunday qaror Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo 57 davlat tomonidan qabul qilingan.
"Xivadagi "Ichan qal'a" majmuasi to‘rt tomoni devor bilan o‘ralgan shahar, YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan va Ipak yo‘li bo‘ylab eng yaxshi saqlanib qolgan ham ta‘sirchan joylardan biridir, – deya davom etadi mamlakatimiz turizm elchisi. – Taxminan 2500 yil oldin bunyod etilgan ushbu ochiq osmon ostidagi muzey ko‘chalar labirintidir. Ularning aksariyati 14-19-asrlarga oid o‘nlab yodgorliklarni qamrab olgan".

Maqolada shuningdek "Xivaga tashrif buyuruvchilar oilaviy mehmon uylaridan tortib to to‘rt yulduzli taniqli mehmonxonalarni tanlash imkoniyatiga ega. Ammo agar siz milliy ruhni izlayotgan bo‘lsangiz, "Ichan qal'a" va uning atrofidagi mehmonxonalarda qolishingiz yaxshiroqdir", – deb yozgan Sofi Ibbotson.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring