Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Toshkent hayvonot bog‘iga kirish narxlari o‘zgardi

By admin - 3-Aprel, 2024-yil 8:43 1,078 Koʻrishlar 0 Izoh

Toshkent hayvonot bog‘ida hayvonlarni parvarishlash va davolash xarajatlari o‘sishi munosabati bilan 2-apreldan kirish chiptalari narxlari oshirildi.

jIs9Vj1aGY2J4DRQt0Ih3ANU4kTQqelZ_front

Surat: Uza.uz

O‘zbekiston milliy axborot agentligi xabarida ma'lum qilinishicha, endilikda kirish chiptalarining narxi quyidagicha bo‘ladi:  

— 7 yoshdan 16 yoshgacha bolalar uchun — 25 ming so‘m (avval 20 ming so‘m),  

—16 yoshdan kattalar uchun — 40 ming so‘m (35),  

—Nafaqadagi fuqarolar uchun — 25 ming so‘m (20),  

—Xizmatini o‘tayotgan harbiylar uchun — 25 ming so‘m (20),  

—Imkoniyati cheklangan shaxslar va 7 yoshdan kichik bolalar uchun — bepul.  

Bu, shuningdek, chorva yemi narxining oshishi, kommunal xizmatlar (elektr energiyasi, gaz, suv) narxining oshib ketishining o‘rnini qoplash va hayvonlarni parvarish qilishni yuqori darajada saqlash zarurati bilan bog‘liq. 

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring