Uzbekjournal.uz – Mamlakatimiz hayotiga oid so‘nggi yangiliklarni kuzatib boring

Osiyo xotin-qizlar forumiga tayyorgarlik ishlari boshlandi

By admin - 3-Aprel, 2024-yil 8:37 1,312 Koʻrishlar 0 Izoh

Oliy Majlis Senatida Osiyo xotin-qizlar forumini o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tashkiliy qo‘mita aʼzolari, senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Yig‘ilishni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

7Q66ZQXgE62DMkSi3jaMKo5yQi10aV

Senat matbuot xizmati tarqatgan xabarda aytilishicha, bugungi kunda dunyo iqtisodiyotida eng katta ulushga ega davlatlar aynan Osiyo mintaqasida joylashgan bo‘lib, taʼlim, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, iqtisodiyot va boshqa ko‘plab yo‘nalishlardagi yutuqlar ushbu mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu nuqtai nazaridan mintaqa mamlakatlari yetakchi ayollarining bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning davlat va jamiyat boshqaruvi hamda iqtisodiyotdagi ishtirokini yana-da kengaytirish borasida tajriba almashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida 2024-yilda O‘zbekistonda Osiyo xotin-qizlar forumini o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi.

rlw3cM7yAVkQgbxV6jxqS3KsocHl6Q

Shu maqsadda mazkur anjumanni “BMT-ayollar” tuzilmasi bilan birgalikda joriy yil 13-14-may kunlari Samarqand shahrida o‘tkazishga qaror qilindi.

Forum doirasida mintaqa xotin-qizlarining fan, taʼlim va innovatsion faoliyatdagi ishtiroki hamda raqamli texnologiyalardan foydalanishi, hozirgi global iqtisodiyotda ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish orqali qashshoqlikni kamaytirish, tadbirkorlik, yetakchilik va innovatsiyalarga jalb etish masalalari muhokama qilinadi.

fmKzkprIYGnYzLcydAhjQsp3h0dY05

Bundan tashqari, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda xotin-qizlarning ishtiroki masalasi ko‘rib chiqiladi. Zo‘ravonlikning barcha shakllariga barham berish, ish joylarini ayollar uchun teng va xavfsiz qilish,  ish joyida kamsitish va zo‘ravonlikka barham berish masalalariga alohida eʼtibor qaratiladi.

Shuningdek, BMT ayollar holati bo‘yicha komissiyasining 68-sessiyasi qarorlarining amaliy ijrosi, xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, biznes va jamiyatda ularning ishtirokini rag‘batlantirishda parlamentlarning o‘rni hamda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda mintaqadagi nohukumat tashkilotlarining roli masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Yig‘ilish davomida tadbirni o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy jihatlar, forum kun tartibi, uning mazmuni hamda xorijiy mamlakatlar delegatsiyalari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Forumni o‘tkazish bo‘yicha barcha idora va tashkilolarlarga vazifalar belgilandi.

Teglar:

0 Izoh

Izoh qoldiring